Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi | Amir Sayyid Olimxon

#Bilasizmi
1917-yil Buxoro amiri Olimxon mamlakatda manifest e'lon qilib, jadidlar bilan kelishuvga borganidan norozi kuchlar va diniy ulamolar avom xalqni quyidagi gaplar bilan qo'zg'atib, arkka hujum qilishgan va Buxoroni yangi yo'ldan yurishdan qaytarishgan:
1. Jadidlar aytayotgan hurriyatning ma'nosi shuki,xotinlar hijob va yopinchiqsiz yuzi-boshi ochiq holda ko'chada yuradilar. 2. Jadidlar aytayotgan tenglikning ma'nosi shuki islom ulamolari yahudiy va hindulardan farq qilmaydilar.
Xalq savodsiz, siyosiy fikrlashdan mosuvo va mutaassib kayfiyatda bo'lib turgan holatidan ulamolar foydalanib, jadidlarni avom ko'z o'ngida islomga qarshi eng katta dushman deya gavdalantirishgan.
Natijada 8-9-aprelda darg'azab olomon jadidlarni qayerda ko'rsa o'sha yerda urib-tepishni boshladi.

Jadidlarga qarshi ikkinchi qirg'in Kolesov hujumidan keyin avj olgan.
Misol uchun Sadri Ziyoning yozishicha Qarshi shahridagi Qo'rg'on maydonida bir kunda 450 nafar erkak, ayol, bolalarni jadid deya so'yib tashlashdi.
Jadidlarga qarshi urushga bosh qosh bo'lganlardan biri Qozi Burhoniddin edi. Ana shu qilmishlari keyinchalik o'zining hayotini uzaytira olmadi. Qozi 1920-yili oktyabrda bolsheviklar tomonidan qatl etildi.

Intelektuallarning fanatiklar tomonidan quvg'inga uchrashi ming yillik ilm maskani bo'lgan Buxoroning qulashiga asos sabab bo'ldi. Chunki ramziy ma'noda Buxorodan ilm quvilgan edi.