Get Mystery Box with random crypto!

Ikkinchi jahon urushida halok bolgan kattaqorgonlik ozbek sold | Amir Sayyid Olimxon

Ikkinchi jahon urushida halok bolgan kattaqorgonlik ozbek soldatining hoki Sankt-Peterburgdan O`zbekistonga olib kelinishi.

1922 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan Boborahim Abdullayev 1941 yil Ikkinchi jahon urushiga ketgan edi.

Urush tugagach, uning bedarak yo‘qolganligi tasdiqlangandi. Biroq 2020 yil oktyabr oyida Sankt-Peterburgning “Liniya fronta” qidiruv otryadi tomonidan Leningrad viloyati, Kirovsk tumani, Molodsovo qishlog‘i yaqinida Ikkinchi jahon urushida vafot etgan askarlarni qidiruv ishlari olib borilishi natijasida bir askarning jasadi qoldiqlari yonidan topilgan hujjati va medaloniga ko‘ra Boborahim Abdullayev ekanligi tasdiqlandi.

Ona vataniga keltirilgan o‘zbek o‘g‘lonining xoki Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi boshchiligida va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi, faxriylar, yoshlar va marhumning yaqinlari ishtirokida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Enam yaxshi qishlog‘ining xalq qabristoniga musulmonlar udumiga ko‘ra qayta dafn etildi.

@amirsayyidolimxon