Get Mystery Box with random crypto!

Gʻiybatchi doʻstim.... Qishimda yashnasa gulgun bahorlar Qosh | Amir Sayyid Olimxon

Gʻiybatchi doʻstim....

Qishimda yashnasa gulgun bahorlar
Qosh-u qabogʻingdan yogʻibdi qorlar
Seni koʻrgach dilga toʻlsa gʻuborlar
Xursand boʻlarmisan gʻiybatchi doʻstim

Mugʻombir jilmayib yonimda maqtab
Qoʻl berib quchoqlab jonimda maqtab
Yiqilsam turarsan kulmoqqa toʻxtab
Xursand boʻlarmisan gʻiybatchi doʻstim

Mening-ku suyganim suyanganim haq
Akam ukam emas tayanganim haq
Xasad-la ortimdan qilaver mazax
Xursand boʻlarmisan gʻiybatchi doʻstim

Oyogʻing til ekan qoʻling ham tiling
Xasadga oʻch ekan bor-u butkuling
Alloh oson qilsin sening mushkuling
Xursand boʻlarmisan gʻiybatchi doʻstim

Xatoying koʻrmasa oʻladi derlar
Ichiga zaxari toʻladi derlar
Sen uchun xatoyim joningni qutqar
Xursand boʻlarmisan gʻiybatchi doʻstim

Asqarbek yozgani balki qiziqmas
Sening fikring buzuq taning buzuqmas
Aqling qisqa lekin soʻzing uzuqmas
Xursand boʻlarmisan gʻiybatchi doʻstim

05.07.2022.
Fargʻona. Margʻilon.
Muallif Asqarali Bahodirov

Ижодкор гурухдошларимиздан бири Аскарали Баходировни ижодига омад тилаймиз.

@amirsayyidolimxon.