Get Mystery Box with random crypto!

Murojaat... Yangi Oʻzbekistonimizdagi asl demokratik islohotla | Amir Sayyid Olimxon

Murojaat...
Yangi Oʻzbekistonimizdagi asl demokratik islohotlar koʻzgusi oʻlaroq xalq refendumiga tayyorlanayotgan yangi konstitutsiyamizning taklif qilingan variantidagi (yana qaytarib aytaman taklif qilingan variantidagi) 70, 71, 72, 73, 74, 75- moddalardagi oʻzgarishlarni bahona qilib, bir guruh provakatrlar xalq hissiyotlaridan foydalanib, donishmand va koʻngli toza, mehmondoʻst hamda tanti qoraqalpoq birodarlarimizni yolgʻon va yomon yoʻlga ya'ni oʻzlarining gʻayri demokratik yoʻllariga tortishibdi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida boʻlayotgan voqealarni kuzatib, oʻz munosabatimni bildirdim...

Sening hissiyoting tigʻini qoʻzgʻab,
Chetki gʻuborlarda chang kabi toʻzgʻib,
Baqirib yurishib, ichingda izgʻib.
Qoraqalpoq qardosh, qoʻgʻirchoq boʻlma!

Ularga holating, qiziqmas aslo,
Yashashing, hayoting, qiziqmas aslo...
Maqsadlari - qoʻyish qardoshni ayro.
Qoraqalpoq qardosh, qoʻgʻirchoq boʻlma.

Sen qul emassan-ki, ozod boʻlgani,
Ozodsan oʻzbekning chin doʻst, jon-tani...
Qoraqalpoq, oʻzbek birdir vatani!!!
Qoraqalpoq qardosh, qoʻgʻirchoq boʻlma.

Senga yarashmaydi, nayranga oʻynash,
Puch muammoga jonini qiynash...
Ulargamas sening sha'ningni chaynash!!!
Qoraqalpoq qardosh, qoʻgʻirchoq boʻlma.

Eshitdim-u koʻnglim mahzunlik topdi...
Qozoq qardoshni ham shu "itlar" qopdi...
Avval qoʻzgʻab, soʻngra urush ham qoʻpdi.
Qoraqalpoq qardosh, qoʻgʻirchoq boʻlma.

Asqarbekdan nido - sen uchun qardosh.
Vatandosh, millatdosh, dindosh ham yerdosh.
Tinchlik bor boʻlsin! Qotiraylik bosh
Qoraqalpoq qardosh, qoʻgʻirchoq boʻlma!

02.06.2022.
Fargʻona. Margʻilon.
Muallif: Asqarali Bahodirov.

@amirsayyidolimxon.