Get Mystery Box with random crypto!

IT kasblaridagi 'KAPALAK' motivatsiya Bu kasblarga qiziqish 9 | Amirbek Developer | Personal blog

IT kasblaridagi "KAPALAK" motivatsiya

Bu kasblarga qiziqish 99% ehtimol bilan yaxshi daromad topish maqsadidan paydo bo'ladi. Lekin bu kasb egalarining professionallarigina yaxshi daromad topishadi. Omadingiz kelib yaxshi ishga joylashib olsangiz o'rtacha bilim bilan ham topsangiz bo'ladi, lekin sizga yaxshi haq to'lay oladiganlar sizdan professionallikni talab qiladi.

Biron bir joyni 4-6 oyda tugatib hech qachon professional bo'la olmaysiz. Ishga joylashish va o'rtacha pul topishingiz mumkin lekin siz hayol qilayotgan pullarni topish uchun o'zingizni ustingizda ishlashingiz va doim tajriba ortirishingiz kerak.

Bitta daraxt bir necha yillarda meva beradi. Bu kasblar yerdan chiqqan qo'ziqorin emas. Nega doim bu kasblarga talab ko'p bo'ladi? Chunki professionallar kam. Juda ko'pchilik tez pul topaman deb qisqa muddatda topa olmagani uchun tashlab qo'yadi va bu kasb bilan ko'p pul topsa bo'lmaydi deb o'zini aldangandek xis qiladi. Aslida esa boshidan o'zini-o'zi aldab qo'ygan bo'ladi.

Xullas oxirgacha bora olaman desangiz o'rganing. Xarkatdan to'xtab qolib, ertasi kuni bizni yomonlab yurmang.

"Xayolparast" do'stingizga jo'nating.