Get Mystery Box with random crypto!

Amirbek Davlatov | Blog

Telegram kanalining logotibi amirbek_davlatov — Amirbek Davlatov | Blog A
Telegram kanalining logotibi amirbek_davlatov — Amirbek Davlatov | Blog
Kanal manzili: @amirbek_davlatov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 207
Kanalning ta’rifi

Diplomacy at TSUE 🎓
Invigilator at IDP IELTS

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-04-05 16:43:09
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti 2022-2023 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi faoliyati boshlanganligini eʼlon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklida 01.04.2022-yildan 31.07.2022-yilgacha davom etadi.

Hujjat topshirish uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarning elektron nusxasini topshirishi zarur:
• Oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida diplom (attestat);
• Pasport nusxasi;
• 3.5x4.5 hajmida rasm (JPEG)
• IELTS (5.5) sertifikati (mavjud boʻlgan taqdirda, ingliz tili fanidan imtihondan ozod qilinadi).

Qabul shartlari, kirish imtihonlari, shuningdek, taʼlim yoʻnalishlari haqida maʼlumot olish uchun va onlayn ariza topshirish uchun bizga murojaat qiling.
Telegram: @YTIT_QABUL
335 views13:43
Ochish/sharhlash
2022-03-30 18:01:19
“El-yurt umidi” Foundation orqali chet elda 100% grant asosida o'qish mumkin!

Chet elga ketmoqchi bo'lganlar uchun zo'r imkoniyat. Agentliklar orqali ketsangiz chet elga ketish uchun kamida 4000$-5000$ ketadi! Ushbu dasturda esa sizni kontraktingiz to'liq davlat tomonidan to'lab beriladi, mazzami?

• IELTS kerak
• Grantlar soni turli davlatlarga juda ko'p

Saytiga kirib yaxshilab tekshirib chiqing o'zingizga mos davlatga grand topishingizga ishonaman! Men ham hudo holasa magistrga shu dasturga topshirib ko'raman ))


Sayt: www.eyuf.uz
Telegram: @elyurtumidifoundation
333 viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:08:46 ​​Kompiyuter kerakmi?

''Yoshlar ishlari agentligi'' orqali kreditga kompiyuter olishingiz mumkin. Sizga bankdan 6 mln 750 ming so'm beriladi, foyizini agentlik to'lab berarkan, siz faqat 24 oyga har oy 281 mingdan to'laysiz.

Bu muddatli to'lovga kompiyuter olishdan ancha arzonga tushadi tafsiya qilaman.
Imkoniyatdan foydalaning.

To'liq ma'lumot ushbu postda: https://t.me/alisher_sadullaev/2084
643 viewsedited  10:08
Ochish/sharhlash
2022-01-20 12:54:03
Internetda kartadan pul o'g'irlaydiganlar

Hozirgi kunda odamlarni aldab kartasidan pul o'g'irlaydiganlar ko'payib ketdi, ular turli yo'llar bilan sizni aldab barcha pulingizni yechib olishadi.

• Biz clickdanmiz, kartangiz bloklanibdi uni ochib beramiz
• Olxga e'lon qo'yibsiz narsangizni sotib olmoqchiman shunchaki shu joyga kirib karta malumotlaringizni kiriting pul kartangizga tushadi


yoki shunga o'xshash boshqacha aldov usullari.

Bunday vaziyatda hechkimga karta malumotlaringizni bermang va tasdiqlash kodini aytmang! Bu haqida to'liqroq bilish uchun YouTubedagi videoni ko'rishni tafsiya qilaman: SUBYEKTIVTV

Yaqinlaringizni ogohlantirib qo'ying. Sizda ham shunday holat bo'ldimi?
564 viewsedited  09:54
Ochish/sharhlash
2022-01-15 18:23:29
Bugun IELTS imtihoni bo'ldi.

Clear handwriting is important

@Amirbek_Davlatov
721 viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2022-01-06 01:28:49
Koreyadan live)
978 viewsedited  22:28
Ochish/sharhlash
2022-01-06 01:05:35 Bakalavrda o'qib turib o'qishni chet elga ko'chirish mumkinmi?

Buni iloji bor lekn siz talabga javob berishingiz kerak. Masalan siz koreyadagi INHA universitetiga o'qishingizni ko'chirmoqchisiz, 1 chi navbatda universitet saytni Googledan topasiz, va u yerdan Transfer students yoki International students bo'limini topasiz. Ushbu bo'limda to'liq talablar, qabul vaqtlari qanday hujjatlar kerak va qayerga murojaat qilish kerak hammasi yozilgan bo'ladi, bunga hech qanday chet elga yuboruvchi agentlik kerak emas shunchaki Ingliz tilini bilsangiz kifoya.

Asosan universitet qo'ygan talablar quyidagilardan iborat bo'ladi:

• Til bilish darajasi - IELTS 5.5/6.0 (har bir universitetda har hil, koreyaga TOPIK ham bo'ladi)
• Hozirgi o'qishingizda yuqori GPA (Yaxshi bahoga o'qigan bo'lishingiz)


Shundan kelib chiqib universitet sizga grand berishi ham mumkin. Bu huddi bakalavrga o'qishga kirishga o'xshaydi. Magistirni kutib o'tirmasdan ketmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi variant. Qabul ham yilda 2 marta bo'ladi.

Til bilish sertifikatisiz yaxshiroq davlatlarga ketishni iloji yo'q, tog'ri IELTS talab qilmaydigan universitetlar bor lekn ularni reytingi juda past bo'ladi.

Agar siz boshimni og'ritib o'tirmayman desangiz, yaxshiroq agentlik topib hujjat topshirgan osonroq, albatta buni o'ziga yarasha to'lovlari bo'ladi.

Sizga qiziq bo'lsa bu haqida ko'proq malumotlar joylayman.
744 viewsedited  22:05
Ochish/sharhlash
2022-01-06 00:30:58
Achchiq haqiqat bu

Sizningcha universitetni tugatib o'zingiz xohlagan joyda ishlaysizmi yoki o'z biznessingizni boshlaysizmi?
674 views21:30
Ochish/sharhlash
2022-01-03 00:50:41 Maqsadim bilim ulashish, va ko'proq o'rganish!

@Amirbek_Davlatov
993 viewsedited  21:50
Ochish/sharhlash