Get Mystery Box with random crypto!

#Ibratli_hikoya BU ANIQ QAZO VA QADAR! Tibbiyot fakultetida | AMERIKA ORZUSI

#Ibratli_hikoya

BU ANIQ QAZO VA QADAR!

Tibbiyot fakultetida ta’lim olayotgan talabani darsga borayotganida mashina urib yubordi. Uni darhol shifoxonaga olib borib jarrohlik stoliga yotqizishdi. Shifokorlar uni tekshirib bitta buyragini darhol olib tashlash kerakligini aytishdi. Chunki undan shiddat bilan qon ketayotgan edi. Uning oilasiga xabar berib bir xulosaga kelishlarini aytishdi...

Amaliyot muvaffaqiyatli yakun topdi. Bir necha kundan keyin unda amaliyot o‘tkazgan tabib uning oldiga kirib tabassum bilan dedi:

— Qachonlardir qazo va qadar haqida eshitganmisan?
— Ha eshitganman. Ammo men buyragimdan ajraldim doktor!
— Men ham o‘z ko‘zim bilan ko‘rgunimcha senday o‘ylagan edim. Sening buyragingni olib tashlash chog‘ida buyragingdagi g‘alati to‘qimalarni ko‘rdik. Uni olib bo‘lgach tahlil uchun laboratoriyaga yubordik. Tekshiruv natijasidan daxshatga tushdik. Unda saraton boshlangan ekan.

Talaba dedi:
— Bu bilan siz, o‘sha mashina seni ikkinchi hayotga qaytarish uchun aynan jarohatlangan joyingni topib urgan, demoqchimisiz?!
Doktor:
— Sen-chi, bu voqeani oddiy to‘qnashuv deb o‘ylaysanmi?
Talaba kulib dedi:
— Bu aniq qazo va qadar!

Muhammad Rotib Nabulsiy

Har bir ishda bir hikmat bor deb bekorga aytishmaydi. Nimadir mushkulot keldimi, albatta, uning ortida biror yaxshilik bordir. Bizni tanlovlarda omadingiz kelmadimi, demak sizni bundanda katta yutuqlar kutib turibdi...


https://t.me/otabekblogs1

www.instagram.com/umirqulov_otabek?r=nametag