Get Mystery Box with random crypto!

​​Transkript nima, qanday tayyorlanadi, grant yutishda uning a | USA Universities 🇺🇸| Official

​​Transkript nima, qanday tayyorlanadi, grant yutishda uning ahamiyati qanday?

Transkript (Transcript of Academic Records) — bu talabaning ta'lim faoliyati davomida o'qigan kurslari, yig'gan kredit va baholarini ko'rsatadigan rasmiy hujjat.

Transkriptda bir nechta ma'lumotlar bo'lishi mumkin, ular:

1. Talaba haqida ma'lumot:
talabaning to'liq ismi, identifikatsiya raqami, tug'ilgan sanasi, o'qish joyi, yo'nalishi kabi ma'lumotlar kiritiladi.
2. Talabaning umumiy bahosi: butun o'qish davomidagi umumiy baholari, agar o;qishni hali yakunlamagan bo'lsa, qatnashgan kurslardan olingan barcha baholar bo'ladi.
3. Barcha qatnashgan kurslar ro'yxati: bunda o'qitilgan fanlar nomi, dars soati va krediti beriladi.

Hozirgi kunda transkriptni Hemis.uz orqali onlayn tayyorlash mumkin. Odatda transkript kredit tizimida o'qiydigan talabalarga beriladi. Ushbu jarayon haqida batafsil BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Transkriptni chet el grant dasturlari uchun taqdim etayotganda hujjatning qaysi tilda ekanligiga e'tibor bering. Hemis.uz orqali olinayotgan transkriptlar odatda 2 tilda berilsa-da, fanlar nomi faqat bir tilda berilmoqda. Shuning uchun turli dasturlarga hujjat tayyorlayotgan payt transkriptni ham tarjima qilishni yodingizdan chiqarmang.

ESLATMA: Kredit tizimida o'qimaydigan talabalar xalqaro dasturlarga ariza topshirishda reyting daftarchasini notarial tarjima qildirib, topshirishi kerak (yoki oʻzi oʻqiyotgan universitet tomonidan muhr va imzo bilan tasdiqlangan ingliz tilidagi baholar roʻyxatini taqdim qilishi kerak).

Grant yutishda transkript, umuman, baholarning ahamiyati qanday?
Xalqaro dasturlarga ariza topshirayotganda, albatta, nomzodning akademik ko'rsatkichi, ya'ni baholari ahamiyat kasb etadi. Bu degani baholari a'lo bo'lgan har qanday talaba grant yutadi degani emas, albatta. Grant yutishda rol o'ynaydigan boshqa omillar ko'p. Shunday bo'lsa-da, bu ko'rsatkich iloji boricha 86 foizdan yuqori (4,5-5 ball) bo'lgani maqsadga muvofiq bo'ladi.

Share your friends
@Amerika_universitetlari