Get Mystery Box with random crypto!

Bola yosh bôlganda..... 'Qôy, bolani qiynama, katta bôlganda ô | 𝐀𝐥𝐥𝐨𝐡𝐧𝐢𝐧𝐠🕊𝐈𝐫𝐨𝐝𝐚𝐬𝐢

Bola yosh bôlganda..... "Qôy, bolani qiynama, katta bôlganda ôrganvolatta"
Bola katta bôldi. "Xa yoshligingda ôrgatishmagan ekanda" biiir ursang boshiga.....

Kôpchilikdan eshitdim bolaga birdaniga 2, 3 tilda gapirsa bola qiynalib qoladi. Tili chiqishi qiyin bôladi deyishdi. Hech nima osonlikcha bôlmaydi.
Agar bolaga qiyin bôladi desangiz siz haqsiz.
Yôq, bolamga oson bôladi desangiz ham siz haqsiz.
Tanlov ôzingizdan.

Farzandim erta yoshda russ va ingliz tilida gapirishini juda hohlardim. Nima qilsam bôladi deb sôrashdi.

Juda qiziq savol? Nima qilish kerak ekan a?
Albatta onani ôzi bilishi kerak.
Onasi russ tilini r sini bilmaydiganlarni ham bolasi biladiyu deysiz. Biladi faqat boğcha yoki maktabga bormaguncha gapirmaydi.
Bola eng kôp kim bilan vaqt ôtkizadi?
Kimdan eng kôp gap eshitadi?
Albatta Onadan.
Meni qizim 5-Avgustda 3 ga kiradi İn Shaa Alloh.
Men qizim bilan tuğilganidan beri ingliz va russ tilida gapiraman. Har bir harakat, holat. Tagini almashtiramanmi, ôynemanmi nima qilsam holatni uchchala tildan birida tushuntiraman. Huddiki katta odamga gapirgandek. Onalarni eng katta hatosi "Bola hali tushunmaydi" degan fikrda yashaydilar.
Amerikaga birinchi 6 oyligida kelgan. 9 oyligida Hello degan. Birinchi English sôzi shu bôlgan. Lekin qizim USA ga kelishidan oldin ham İngliz tili haqida taasurotga ega bôlgan. Qizim uchun bu til begona emas edi. İshoning Ona bolaga bir nimalarni ôrgatishi uchun albatta Universitetda ôqigan bôlishi shart emas. Hammasi Onani tirishqoqligiga va sabriga boğliq.

Farzand huddi bir daraxt kabi. Uni ekasiz, suv quyasiz, qayğurasiz, qattiq shamoldan himoya qilasiz. Vaqtlar kelib mevasidan bahramand bôlasiz.
Bu uchun mehnat va sabr kerak bôladi.
Bekorga til ôrganinglar demayman. Siz faqatgina ôzingiz uchun emas balki bôlajak farzandlariz uchun rivojlanasiz. Ertaga farzandiz maktabga boradi. Uy vazifalar beradi. Tasavvur qiling russ tilidan kitobini kôtarib qiziz oldizga keldi. Oyi yordamlashing dedi. Javobiz nima bôlishini ôziz bilasiz. Bahonalar yoki repetitorga berasiz. Farzand tushunadiki Otam yoki onam bilmaydi meni ham bilishim shart emas degan narsa ôrnaydi qôyadi.
Rivojlaning. YouTube da qaynayapti darslar. Oddiy gazetani bôlsa ham russ tilida ôqing. Bahonalarsiz. Unutmang....
Olma tagiga olma tushadi!

Oxirgacha ôqiganiz uchun Rahmat!
Ôzizga foyda!!