Get Mystery Box with random crypto!

Sen meni shunchaki yaratganing yo'q, Shunchaki yashashni men | 𝙰𝚖𝚊𝚗𝚝𝚞 𝙱𝚒𝚕𝚕𝚊𝚑𝚒

Sen meni shunchaki yaratganing yo'q,
Shunchaki yashashni men odat qildim.
Shundanmi hush'usiz, huz'usiz quruq
Shunchaki jimgina ibodat qildim.

Saodat asbobi kalomingda jam,
Yo'lga rahnamoyu ko'ngilga malham
Qu'ron o'qisamda har on o'qisam
Bo'g'zimdan o'tkazmay tilovat qildim.

Rasulning so'ziga qulog'im tutdim,
Lekin qalb qulog'in qattiq bekitdim.
Asli kimligimni ancha unutdim,
Shayton davatini ijobat qildim.

Dardlarga darmonim istig'for, ammo
Quruq oh-u vohlarni bo'lar deb davo
Xasdek xasratimni etib muammo,
Uchragan har kazga shikoyat qildim.

Riyo libosini kiyib tanimga,
Maqtovlar yog'dirib o'zim shanimga.
Zarra amal qilmay o'rganganimga,
Sayrab o'zgalarni hidoyat qildim.

Shuncha xato bilan qarab kechamga,
Gunohlar yukidan botgancha g'amga.
Ko'zlarim chirt yumib boqib olamga,
O'zimni anchayin hijolat qildim.

Sen meni shunchaki yaratganing yo'q,
Shunchaki yashashni men odat qildim.

https://t.me/amantu_billahiii