Get Mystery Box with random crypto!

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak Mehnat kode | Amalda.uz | Bugun

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 10-aprel —  Ramazon Hayiti, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Shu sabab, bugun, 9-aprel kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’tamiz, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, Hayit bayramida ketma-ket 3 kun (10-12-aprel) dam olish kuni sifatida belgilangan.

Amalda.uz Telegram kanali