Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi? Hozirgi jadvalga ko‘r | Amalda.uz | Bugun

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

Hozirgi jadvalga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni boʻlishi mumkin. Bular:

10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shicha dam olish kuni;

12-aprel, juma — haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, hafta davomida 5 kun ishlovchilar uchun esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

13 aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Sharh:
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Amalda.uz Telegram kanali