Get Mystery Box with random crypto!

Portlash natijasida 15 yoshli bola halok bo‘lgan Toshkent sha | Amalda.uz

Portlash natijasida 15 yoshli bola halok bo‘lgan

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumotni «Gazetauz»ga Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmati kotibi Shamshoda Ibrohimova tasdiqladi.

Qayd etilishicha, 15 yoshli bola boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Matbuot kotibning ta’kidlashicha, hozircha boshqa vafot etganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Amalda.uz Telegram kanali