Get Mystery Box with random crypto!

Qozog‘iston shimolida kuydirgi (Сибирская язва) epidemiyasi qa | Amalda.uz

Qozog‘iston shimolida kuydirgi (Сибирская язва) epidemiyasi qayd etildi. Vaqtida chora ko‘rilmasa inson o‘limi bilan tugaydi.

Hodisa Jarqayn tumani Ushkarasu qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy xo‘jalikda 37 bosh qoramol so‘yilgan. Go‘sht qishloq aholisiga tarqatildi. Natijada 12 kishi kuydirgi gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan, o‘ntasida tashxis tasdiqlangan. Ularning barchasi hozir Esil viloyat shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limida. Bundan tashqari, mutaxassislar 22 nafar aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqladilar.

Amalda.uz Telegram kanali