Get Mystery Box with random crypto!

Maktab va bogʻchalarda pul yigʻimi qatʼiyan taqiqlanadi. Soʻn | Amalda.uz

Maktab va bogʻchalarda pul yigʻimi qatʼiyan taqiqlanadi.

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va bogʻchalarda turli xil tadbirlar oʻtkazish uchun oʻquvchilardan pul mablagʻlari yigʻilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Taʼlim muassasalarida taʼmirlash (remont) uchun, turli tadbir (soʻnggi qoʻngʻiroq) va bayramlar uchun pul yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi!

Siz qaysidir maktab yoki bogʻchalarda pul yigʻish bilan bogʻliq holatlar haqida xabardor boʻlsangiz, Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining (75)-221-33-14 raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz soʻraladi.

Amalda.uz Telegram kanali