Get Mystery Box with random crypto!

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilma | Amalda.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Amalda.uz Telegram kanali