Get Mystery Box with random crypto!

#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR ENG GO’ZAL QISSA “Biz Senga ushbu Q | AlQuranuz-Shayx Alijon qori

#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR

ENG GO’ZAL QISSA

“Biz Senga ushbu Qur’onda vahiy qilgan narsamiz ila eng go’zal qissani hikoya qilurmiz
” (“Yusuf’” surasi, 3-oyat)

Darhaqiqat, Yusuf alayhissalom qissasi hikmat, ibrat va pand-nasihatlarni o’z ichiga olgan eng go’zal qissa.

Bu qissaning oxiri yaxshilik bilan tugagan. Shuning uchun ham “ENG GO’ZAL” qissa maqomini olgan:

Ya’qub alayhissalom qissaning oxirida o’g’illarini topdi, ko’zi ochildi, o’g’lining oliy mansabga ko’tarilganini ko’rdi, barcha oila a’zolarining rohatiga guvoh bo’ldi. Ota uchun bundan ortiq baxt bormi?!
“Azizning ayoli” (Zulayho) ham qissaning oxirida tavba qilib, Allohga qaytdi.
“Shahardagi ayollar” ham nihoyat Yusuf alayhissalomning gunohsizligini tan oldilar.
Zindondagi soqiy ham ozod bo’lib, o’z vazifasiga qaytdi.
Yusuf alayhissalomning akalari ham otasidan kechirim so’rab, to’g’ri yo’lga qaytdilar.
Bu qissadagi deyarli barcha ishtirokchilarning oqibati xayrli yakun topdi.
Shuning uchun ham bu qissa “ENG GO’ZAL QISSA” nomini olgan.

Amr Xolid

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram