Get Mystery Box with random crypto!

#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR YAXSHILIKKA SHOSHILING! AKSI HOLDA … | AlQuranuz-Shayx Alijon qori

#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR

YAXSHILIKKA SHOSHILING! AKSI HOLDA

“Robbingizdan bo’lgan mag’firatga va jannatga shoshiling
…” (“Oli Imron’” surasi, 133-oyat)

“Ertaga tavba qilaman”, “Namozni ertadan boshlayman”, “Qur’on o’qishni yodlashni rejalashtiraman”, deb yaxshi amalni kechiktirmang!

Sunobihiy rahimahulloh shunday rivoyat qiladi:
“Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qilish uchun Yamandan yo’lga chiqdik. Madinaga kelganimizda, dahshatli xabarni eshitdik:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam BESH KUN oldin vafot etdilar!” (Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyati)

Besh kunlik kechikish ularni sahobalik maqomidan mahrum qildi!

Dono xalqimiz: “Qolgan ishga qor yog’ar”, deb bejizga aytmagan.

Shoshiling! Ehtimol bir soat kechikishingiz sizni Jannatdan mahrum qilar!

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram