Get Mystery Box with random crypto!

#AL_FATIHA_KIDS INFITOR SURASI Ushbu suraning nomi o'zining | AlQuranuz-Shayx Alijon qori

#AL_FATIHA_KIDS

INFITOR SURASI


Ushbu suraning nomi o'zining birinchi oyatidagi «infatorot» so'zidan olingan bo'lib, bu so'z «yorilish» ma'nosini anglatadi.
«Infitor» surasida ham, o'zidan avvalgi «Takvir» surasidagi kabi qiyomat haqida so'z yuritiladi. Lekin oziga xos uslubda va o'ziga xos ohangda so'z yuritiladi. Bu sura g'ururga ketgan insonga xitob qiladi. Dinni, qiyomatni yolg'onga chiqarmaslikka undaydi. Agar bu narsalarni unutib qo'ysa ham, unga biriktirib qo'yilgan farishtalar hech narsani qoldirmay yozib borishini, qiyomat kuni esa hisob-kitob bo'lishini eslatadi. Yaxshilarning oqibati nima bo'lishi ham bu surai karimada o'ziga xos ravishda zikr qilinadi.
«Infitor» surasining avvalida qiyomat kuni borliqda yuzaga keladigan ulkan inqilob, to'ntarish va dahshatlar: osmonning yorilishi, yulduzlarning sochilib ketishi, dengizlarning portlashi, qabrlarning ichidagi narsalar sochilishi va undan so'ng hisob-kitob bolishi haqida so'z ketadi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram