Get Mystery Box with random crypto!

HAYIT NAMOZI – VOJIB IBODAT “... Bu – hisobni to‘ldirishing | AlQuranuz-Shayx Alijon qori

HAYIT NAMOZI – VOJIB IBODAT

“... Bu – hisobni to‘ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir (hamdu sano) aytishingiz va shukr qilishingiz uchundir” (“Baqara” surasi, 185-oyat).

Hanafiy olimlar mazkur oyatdagi “Allohga takbir aytishingiz” degan jumlani dalil sifatida keltirib, Iydul-fitr (Ramazon hayiti) namozining vojib ekanini taʼkidlaydilar.
Zero, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan bu borada quyidagicha rivoyat kelgan: “Shavvolning oy ko‘ringanida Allohga takbir aytish musulmonlarning zimmasiga haq (vojib) bo‘ladi. Chunki Alloh taolo shunday degan: “...Allohga takbir (hamdu sano) aytishingiz uchundir ...” (“Baqara”surasi, 185-oyat)”.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram