Get Mystery Box with random crypto!

#XATMI_QUR’ONGA_MARHABO QADR KECHASIDAGI XATMONAGA MARHABO B | AlQuranuz-Shayx Alijon qori

#XATMI_QUR’ONGA_MARHABO

QADR KECHASIDAGI XATMONAGA MARHABO

Bugun 05.04.2024 sanada 27 kunlik Xatmi Qur’on o’z nihoyasiga yetadi. Xatmona munosabati bilan, O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari hamda “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi mudiri Shayx Alijon qori Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Hazrati Imom” jome masjidiga tashrif buyuradilar.

Tashrif asnosida ilmiy-ma’rifiy suhbat bo’lib o’tadi. Shuningdek, Shayx Alijon qori tarafidan Xatmi Qur’on arabiy duosi o’qilib, Muftiy hazratlari tomonlaridan umumiy duolar qilinadi.

Ushbu xatmonani “Muslim.uz” va “AlQuran.uz”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uz Report” telekanili orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Masjid manzili: https://maps.google.com/maps?q=41.338515,69.242005&ll=41.338515,69.242005&z=16

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram