Get Mystery Box with random crypto!

AlphaZIT.Edu

Telegram kanalining logotibi alphazit_edu — AlphaZIT.Edu A
Telegram kanalining logotibi alphazit_edu — AlphaZIT.Edu
Kanal manzili: @alphazit_edu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-10-04 09:56:31
JavaScript dasturlash tilini o'rganuvchilar uchun David Flanaganning "JavaScript: The Definitive Guide" kitobini tavsiya qilaman. Kitob, JavaScript`dan eng batafsil ma'lumot berilgan manbalardan biridir. Kitobni o'qimoqchi bo'lsangiz oxirgi, 7-nashrini olib o'qing.

@AlphaZIT.Edu
206 viewsHasan Shodiyev, 06:56
Ochish/sharhlash
2021-10-02 18:53:13
HTML&CSS yordamida animatsion soat yasaymiz [video]

CSS animation va transform bilan tanish bo'lganlar uchun yaxshigina tajriba bo'ladi deb o'ylayman.

O'zingizga foydali deb bilganingizni boshqalar bilan ham baham ko'ring.

@AlphaZIT.Edu
183 viewsHasan Shodiyev, 15:53
Ochish/sharhlash
2021-10-01 07:57:23
Qadrli ustozim...

Albatta har bir ne'mat Allohdandir va U bu ne'matni berishda kimnidir sababchi qilib qo'yadi. Dunyoda shunday kasb egalari bor-ki, yillar o'tsada bizning rizqimiz, obru-e'tiborimiz, suyunchimiz, quvonchimiz sababchisi bo'lib qolaverishadi.

Eng ulug' kasb egalari - jonajon ustozlar, sizni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman! Siz sababli bugun biz oq-qaraning farqiga boramiz, o'zimiz suygan kasb egasimiz, o'zgalarning ehtiyojiga yaraydigan insonmiz, suyukli ota-ona, qobil farzandmiz. Bu uchun sizlarni har kuni tabriklasak, cheksiz rahmatlar aytsak arziydi. Allohim martabangizni ulug' qilsin!

@uzbhasan_blog
139 viewsHasan Shodiyev, 04:57
Ochish/sharhlash
2021-09-28 14:41:04 «Bir million dasturchi» loyihasi

Men odatda o'quvchilarga tushunarli bo'lsin uchun uzoq gapiraman. Bu safar birdan maqsadga o'taman: bu loyiha bir safsata, hujjatbozlikdan boshqa narsa emas. Uning hozirgi kursiga qarasak, bir nima umid qilish farosatsizlik bo'ladi.

Loyiha xuddi saylov oldi dasturining bir qismiga aylantirib yuborilganga o'xshaydi: har besh yilda bir yodga olinadi. Sifat, qamrov va natija muhim emas. Ro'yxatdan o'tganlarning ko'pchiligi o'zlari nimadan ro'yxatdan o'tayotganligini tushunishmaydi. Chunki, ular o'qiyotgan muassasa rahbariga ro'yxatni kengaytirish topshirilgan. Siz ro'yxatdan o'tsangiz bo'lgani, dasturchisiz .

Yaqinda ishga tushgan Mohirdev loyihasi ham bundan ancha ko'p ish bajarayotgani aniq. Unga hech qanday xalq puli sarflanmagan, majburan ro'yxatdan o'tilmaydi, lekin ishlaydi!

@uzbhasan_blog
138 viewsHasan Shodiyev, 11:41
Ochish/sharhlash
2021-09-25 12:12:30
Elektron pochta manzilini kiritish uchun ajoyib animatsion forma .

@AlphaZIT.Edu
215 viewsHasan Shodiyev, 09:12
Ochish/sharhlash
2021-09-16 18:16:24 Dasturchiga matematika kerakmi?

Yuqorida poll tashladim va hamma matematika kerak deb hisoblashibdi. Juda to'g'ri . Matematika nafaqat dasturlash tillarini o'rganish uchun kerak, balki, oddiygina CSSni professional darajada o'rganish uchun ham sizda matematik tafakkur shakllangan bo'lishi zarur.

Agar kimnidir hali ham bu savol ikkilantirayotgan bo'lsa, sizlarga darslarimdan birini havola qilaman. Bu CSS Gradient mavzusidagi bir oddiy dars. Uni o'zlashtirish uchun o'rganuvchidan sonli qator, koordinatalar sistemasi va burchak tushunchalari haqida bilish talab etiladi.

Shunday ekan, agar siz matematikani o'rganmay dasturlashga kirib kelmoqchi bo'lsangiz, biling-ki "pravasiz" YPX xodimining oldiga mashina haydab bormoqchisiz . Ya'ni, manzilga yetmay mashinangizdan ajralishingiz aniq.

P.S.
Bu mavzuni biladiganlar orasida "men sanab o'tilganlarini bilmayman, lekin gradient hosil qilishni bilaman-ku" deb o'ylaydiganlar bo'lishi mumkin. Darsni ko'ring va hech nimani bilmasligingizni tushunasiz .

@AlphaZIT.Edu
249 viewsHasan Shodiyev, 15:16
Ochish/sharhlash
2021-09-16 09:22:40
Dasturchi uchun matematik tafakkur (fikrlash) kerak deb o'ylaysizmi?
Anonymous Poll
1%
Kerak emas.
53%
Matematikani bilish juda ham muhim.
46%
Oz bo'lsada bilish kerak. Hech bo'lmaganda maktab dasturini.
70 voters194 viewsHasan Shodiyev, 06:22
Ochish/sharhlash
2021-09-13 15:45:06
Yilning 256-kuni - dasturchilar kuni bilan tabriklayman!

@AlphaZIT.Edu
298 viewsHasan Shodiyev, 12:45
Ochish/sharhlash
2021-09-12 21:05:55
HTML va CSSda qilingan animatsion tooltipli ijtimoiy tarmoq tugmachasi

#htmlcssonly
@AlphaZIT.Edu
201 viewsHasan Shodiyev, 18:05
Ochish/sharhlash
2021-09-12 10:51:24
Three.js kutubxonasi yordamida yaratilgan o'yin

JavaScript`chi do'stlarimizga yubiramiz .

@AlphaZIT.Edu
235 viewsHasan Shodiyev, 07:51
Ochish/sharhlash