Get Mystery Box with random crypto!

To'g'ri yo'lni tanladingizmi yoki tanlagan yo'lingizdan to'g'r | AlphaZIT.Edu

To'g'ri yo'lni tanladingizmi yoki tanlagan yo'lingizdan to'g'ri borayabsizmi?

Assalomu alaykum! Siz hozirda dasturlashni o'rganishni maqsad qilgansiz yoki o'rganish jarayonida yoki dasturchi sifatida ish faoliyatingizni olib borasiz. Shu uch toifadan biriga kirsangiz, siz quyidagi savollarga javob topishingiz shart.

O'rganishni maqsad qilgan va o'rganayotganlar.
Aniq ish o'rniga ega dasturchi bo'lish siz o'ylagandek yoki reklamalarda ko'rganingiz kabi qisqa muddatli jarayon emas. Shu sababdan siz, birinchi navbatda
- to'g'ri yo'lni tanlaganmisiz?
- sizdan dasturchi bo'lish uchun dasturlashga aloqasi bo'lmagan qanday bilimlar talab qilinadi va qay darajada?
- agar o'rganayotgan bo'lsangiz to'g'ri o'rganayabsizmi?
- siz tanlagan yo'nalishni o'rganish uchun qancha vaqt zarur, balki qisqa vaqtda o'rganaman deb vaqtingizni bekorga sarflayotgandirsiz?
- dasturlash siz o'ylaganingizdek serdaromad kasbmi?
- siz nimani o'rganayabsiz-u, ish beruvchilar sizdan nimalarni kutishadi?
... kabi savollarga javob topishingiz kerak.

Dasturchi sifatida ishlaysizmi? Unda siz,
- hozirgi ish o'rningiz kelajakdagi koryerangizga qanday tasir qiladi?
- hozirda darajangiz qanday va uni oshirish uchun nimalar qilishingiz kerak?
- o'z bilmingizga yarasha haq olayabsizmi va uni qanday baholash kerak?
... kabi savollarga javob topishingiz kerak.

Men Hasan Shodiyev, 10 yil davomida dasturlash bilan shug'illanaman va bu hayotim mazmuniga aylangan. Agarda siz yuqoridagi savollarga haligacha o'zingizda javob topa olmagan bo'lsangiz yoki javobingiz to'g'ri va to'loq ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi bo'lsangiz, BIZGA QO'SHLING! Men sizga uzoq muddatlik tajribamdan kelib chiqib, hech qanday foydani o'ylamagan holda eng aniq javoblarni beraman.

Online suhbatimizga qo'shilish uchun @uzbhasan_blog kanaliga a'zo bo'ling. Suhbat ertaga - 26-oktyabr kech soat 21:00da, telegram tarmog'i orqali bo'lib o'tadi.

@uzbhasan_blog