Get Mystery Box with random crypto!

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot xizm | 📝 Aloqa - LIVE

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish” mavzusidagi seminar-trening tashkillashtirildi.

Seminar-treningda Melburn universitetidagi Tabiiy ofatlarni boshqarish va jamoat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi a’zosi, ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha tajribali ekspert Bob Jensen ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.

Mahorat darsida inqirozli kommunikatsiyani tashkil qilishning muhim taraflari, unga qarshi muloqot rejasini ishlab chiqish, axborot xizmatlarining bunday vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish prinsiplari va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha ma’lumot berildi.

Aloqa LIVE