Get Mystery Box with random crypto!

AT “Aloqabank” xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida banknin | 📝 Aloqa - LIVE

AT “Aloqabank” xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankning Bosh ofisi va hududiy tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida minifutbol (futzal) bo‘yicha "Humson Buloq" dam olish maskanida sport musobaqalari tashkil etildi. Turnirni sharhlash uchun maxsus mehmon - yurtimizda ko‘plab futbol muxlislariga ega, o‘zining betakror yo‘nalishini topa olgan, nafaqat futbol sharhlovchisi, balki ko‘plab filologlarning ustozi Mirzahakim To‘tamirzayev o‘yinlarni sharhlab berdilar. Shuni ta‘kidlash joizki 2011 yildan boshlab Aloqabank xodimlari o‘rtasida sportning minifutbol (futzal) turi bo‘yicha anʼanaviy musobaqalar tashkillashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosi asosida Bank Boshqaruvi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tomonidan xodimlarning sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishi, jumladan yil davomida uzluksiz ravishda mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratib kelinmoqda.

Qizg‘in va murosasiz o‘yinlarga boy bo‘lgan bu yilgi sport musobaqalari natijalariga ko‘ra 1-chi o‘rinni Xorazm jamoasi, 2-chi o‘rinni Qo‘qon jamoasi va faxrli 3-chi o‘rinni Mirobod va Qashqadaryo jamoalari egallashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube