Get Mystery Box with random crypto!

-Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib boʻlgach, ish xonasiga k | All__qomarun

-Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib boʻlgach, ish xonasiga kalitlarini olish uchun kirib ketdi.
Stol va televizor ustida chang borligini koʻrdi va kalitlarni olmasdan, ayolini chaqirib, undan kalitlarni olib berishini iltimos qildi.
Ayoli kalitlarga qoʻl uzatarkan, stol ustidagi changda barmoqlar bilan yozilgan «Seni sevaman..» yozuvini koʻrdi.
Xonadan chiqayotganda esa, televizor ustidagi changda
«Sen mening suyukli rafiqamsan..» yozuvini koʻrdi.
Ayol kalitlarni xojasiga uzatarkan, tabassum qildi va,
«Vazifa tushunarli boʻldi, bundan keyin uy ishlariga yanada e’tiborliroq boʻlaman.
Menga ajoyib shaklda, muhabbat ila tushuntirganingiz uchun sizdan minnatdorman» dedi.

Bu aqlli va Allohdan qoʻrqqan, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan oʻrnak olgan bir moʻminning ishidir

MashaAlloh)

@allqomarun - Jannat sari qadam