Get Mystery Box with random crypto!

90% Ayollar yalangʻoch-sifat kiyinuvchilar jannatni hidini ham | All__qomarun

90% Ayollar yalangʻoch-sifat kiyinuvchilar jannatni hidini ham hidlamasligini bilishadi. Lekin, shunday boʻlsa ham uzun va yopiq libos kiymaydilar.

90% Ayollar qosh teruvchi ayol laʼnatlanganligi va harom ishligini bilishadi. Lekin, baribir qosh terishadi.

90% Ayollar atir sepib koʻchaga chiqish haromligi va hadisi sharifda agar ayol koʻchaga atir sepib chiqib odamlarga hidini hidlatsa zino qiluvchi deb aytilganini bilishadi. Lekin, beparvo boʻlib atr sepib koʻchaga chiqaveradilar.

90% Ayollar koʻchaga bezanib, boʻyanib chiqish haromligini va faqatgina tanmahrami uchun bezanish mumkinligini ham biladilar. Ammo, bularni bilsalarda koʻchaga bezanmay chiqmaydilar.

90% Ayollar ayolning ovozi fitna ekanligi haqida eshitishgan. Ammo, har joyda ovozlarini koʻtarib gapirib, qahqaha otib kulishadi.

Savolim shuki: Jannat shunchalar ham arzon boʻlib qoldimi yoki muslima opa-singillarimiz jannatdan voz kechdilarmi?!

@allqomarun - Jannat sari qadam