Get Mystery Box with random crypto!

Dunyo ma’nisizlikdan iborat. U o‘zini ma’nisiz tutadigon odaml | OverThinker

Dunyo ma’nisizlikdan iborat. U o‘zini ma’nisiz tutadigon odamlardan, ma’nisiz va kutilmaganda vujudga kelib xech qanday natijasiz tugaydigan yoki ma’nisiz ravishda umuman tugamaydigan xodisalardan iborat. Xech qanday mantiq, asos yo‘q, mutlaq hech nima - orada oyoqlaring bilan qattiq zamin bormikan deb qidirib, ma’nisizlik ummonida suzaverasan. Zamin ham yo‘q - sevganing istalgan vaqt tashlab ketadi, do‘stlaring seni qachondur mavjud bo‘lg‘aningni unutishadi, ish birodarlaring seni tushunarsiz anglashilmovchilikka cho‘ktirib, ko‘z ilg‘amas cheksizlikdagi sarobga aylanib ketadi.
Xayot aniq, mantiqiy rivojga ega emas, yaxshilik va yovuzlik muvozanati yo‘q, odamlarni faqat zaif, istalgon vaqt bekor qilinib ketadigan kelishuvlardan boshqa hech nima bog‘lamaydi. Bu xaosda mavjudlikni o‘zi ma’nisizlik. Ekkan daraxting hech qachon meva bermay, yonib kulga aylanadi, Baxt, xatto u ham bir kulib, ma’nisiz mantiqsizlikka bo‘ysunib o‘zini metafizik orqasini ko‘rsatib yo‘q bo‘pqoladi. O‘limchi? Bu ham hech qanday mantiqiy oxirga olib kelmaydigon ma’nisiz xodisa - xammasi tugadimi yo endi boshlanadimi - xech nimaga xech narsa uchun keladi. Bu ma’nisiz, mantiqsiz xodisasizlik borlig‘ida rasional fikrlaydigan, aniq hayotiy qarash va maqsadli inson qanday yashashi kerak, nima qilishi kerak, menga bu umuman tushunarsiz.