Get Mystery Box with random crypto!

SIZ QАYSI MАZHАBDА EDINGIZ MOMO? (Oʼzbekning savoli) Mana bu | Alloh yo'lida

SIZ QАYSI MАZHАBDА EDINGIZ MOMO?

(Oʼzbekning savoli)

Mana bugun imom mavʼiza payti,
Qora libos dinga hilof deb aytdi.
Hanafiyga toʼgʼri kelmas emish bu,
Masjidda boʼlsamda nafasim qaytdi.
Bundan yuz yil oldin, savol bor ammo,
Siz qaysi mazhabda edingiz momo?

Bittasiga yoqmas sizning burqangiz,
Yana bir ablahga tutgan firqangiz.
Dashnom qaychisida soʼzim qirqmangiz,
Qop-qora libosda boʼlsa muammo,
Siz qaysi mazhabda edingiz momo?

Goʼyoki minbarda sayrardi juhud,
Moʼminni moʼminga qayrardi yahud.
Dashnoq tupurganmi ogʼziga yohud,
Zamin yorilgudek, jim boqar samo,
Siz qaysi mazhabda edingiz momo?

Molikiy boʼlmoqlik qachondan gunoh?
Yo Hanbaliy boʼlsang xatomi e vox?
Shofeʼiy boʼlganni suymasmi Аlloh,
Soʼrayapman sizdan yigʼlagannamo,
Siz qaysi mazhabda edingiz momo?

Davlat olsa mansab yo jon olardi,
Mayli besh oʼn darra solsa solardi.
"Men jirkanch maʼviza qilmayman" desa,
Sotilmas imomda obroʼ qolardi.
Koʼzlar nam, dilda gʼam, jurʼat xam kamo,
Siz qaysi mazhabda edingiz momo?

Аbdurahmon Meshayan