Get Mystery Box with random crypto!

Ajal sari bir qadam yaqinlashdik.... Biz uchun Alloh taolo ber | Muhammad Sollollohu Alayhi Va sallam Ummatlari

Ajal sari bir qadam yaqinlashdik.... Biz uchun Alloh taolo bergan yana bir kun nihoyasiga yetib bormoqda. Tafakkur qiling.
1. Bugun qaynona qaynotangizga, yoki boshqa yaqinlaringizga qilgan g'amxo'rligingiz uchun o'ng yelkangizdagi farishtalar qanday ajrlar bitgan ekan...?
2. Oilangiz uchun mehr bilan tayyorlagan taomlaringiz bois nechog'li savoblarni qo'lga kiritgan ekansiz...?
3. Oqshom ishdan horib kelgan juftingizni chiroyli pardoz, mazali taomlar hamda tabassumingiz bilan qarshi olganingizda qanchalik Allohning rahmatiga sazovor bo'lgan ekansiz ...?
Yana boshqa amallarimizni ham tadabbur qilaylik, hech kimni qalbini og'ritmadikmi, ranjitmadikmi, Allohni necha marotaba zikr qildik, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga necha marotaba salovat aytdik,  Namozlarni to'kis ado etdikmi, kunlar sultoni bo'lgan Juma kunidan qay darajada manfaatlana oldik..? Agar zikrlarni unutgan bo'lsak nafas olayotgan ekanmiz, demak hali imkon bor...