Get Mystery Box with random crypto!

Atrofda bir holatni juda ko'p uchratyapman, ko'pchilik priorit | Allaev Uz

Atrofda bir holatni juda ko'p uchratyapman, ko'pchilik prioritetlarni ajratib olishni bilmaydi. Natijada o'zi uchun eng muhimi qolib ketib, keraksizi bilan shug'ullanib yurganlar juda ko'p.
Bu shaxsiy masalalarga ham, professional masalalarga ham birdek tegishli. Inson o'zi uchun eng muhimini aniqlab, asosiy fokusni o'shanga qaratmas ekan, bir joyda turaveradi yoki undan battari cho'kadi.
Shu uchun muhim va dolzarbni aniqlash, unga fokus berish zaruratdir.
Faraz qilaylik bir binoda yong'in kelib chiqdi. Bino tegishli odam yong'inni o'chirish o'rniga gulzorda gul ekish bilan ovora bo'lsa. Pojar holatida buni faraz qilolmasangiz ham, hayotda boshqa holatlarda tez tez uchrab turadi.
Bolasini darsidan Instagramni muhim qo'ygan ona, kelajagi uchun zarur ko'nikmani o'rganish o'rniga boshqa biror narsa bilan ovora bo'lgan odam vaziyati narigidan keskin farq qilmaydi.
Odam o'zi uchun prioritetlarni aniqlab, fokusni birinchi unga qaratishi hayotda hal qiluvchi holatga aylanadi.

@allaevuzb