Get Mystery Box with random crypto!

Oʻrta asrlarda 'Vassalimning vassali mening vassalim emas' deg | Allaev Uz (16 )

Oʻrta asrlarda "Vassalimning vassali mening vassalim emas" degan qarash Yevropa hukmdorlarini inqirozga olib borgan. Maktabda tarixni yaxshi oʻqiganlar bu jumlani yaxshi bilishadi.
Tarix shunaqa narsaki, bir davrda mutlaqo xato boʻlgan qarash boshqa bir davrda eng toʻgʻri qarash boʻlib chiqishi mumkin. Bugun zamonaviy dunyo inklyuziv boshqaruv eng toʻgʻri ekanligini tan olib boʻldi. Rivojlangan davlatlarda nafaqat katta korporatsiyalar, hatto davlat ham mahalliy hokimiyatga oʻzi uchun koʻproq qaror qilish imkonini bermoqda. Xullas, biznesda ham, davlat boshqaruvida ham hokimiyat boʻlinib ketdi. Mana shu inklyuzivlik ajoyib muvozanat yaratib, avvalo xatolarning oʻrnini oladigan tiyib turuvchi mexanizm yaratmoqda, boshqa tomondan hammaga oʻz talantini ochish uchun imkon yaratmoqda.

Rahbarga kuchli, avtoritar, doim haq deb qarash biznes muhitida keskin oʻzgardi. Hozirgi tizim rahbarni ehtimoliy xatolardan tiyib turish uchun oʻylangan. Tiyib turuvchi mexanizm boʻlsa rivojlanish uchun yanada katta imkoniyatlar ochmoqda.

@allaevuzb