Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Xalqaro matbuot erkinligi kunida so‘z erkinligi bo‘yicha | Allaev Uz (16 )

Kecha Xalqaro matbuot erkinligi kunida so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro reytingda ahvolimiz yomonlashgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Shu o‘rinda reyting ko‘rsatkichlaridan tashqari boshqa jihatlarga ham e’tibor qaratishni istardim. Masalan. “Kun.uz” va “Ozodlik”ning Youtube kanallarini kuzatsangiz, so‘nggi vaqtlarda “Ozodlik”ning videolari ko‘proq ko‘rilayotgani ayon bo‘ladi. Vaholanki, bir necha yil avval “Kun.uz”ni va boshqa mahalliy nashrlarimizni ko‘proq kuzatishar edi. Ya’ni, jamiyatning ishonchi yana “u tomon”ga og‘di, deyish mumkin.

Siyosiy-ijtimoiy bloging sohasida esa shaxsi ochiq yangi nomlar so‘nggi yillarda deyarli chiqmayapti. Aksincha, anonim kanallarning soni ham, kuzatuvchilari ham tezda ortib bormoqda.

Axborot ekspertlari va sohaga mas’ullar bu tendensiyalarga befarq bo‘lmasligi kerak. Reytinglarda pastga tushar ekanmiz, axborot maydonida mahalliy va shaxsi ma’lum o‘yinchilarning shanslari kamayib, risklari ortib bormoqda. Bu esa bir necha yillar avval biz maqtangan muvaffaqiyatlarimiz samarasi kamayayotgani, ortga ketish badali esa qimmat to‘lanayotganidan dalolat.

O‘sha gap: so‘z erkinligi yo rivojlanishi kerak, yo ortga ketadi. To‘xtab tura olmaydi. To‘xtatish mumkin emas bu jarayonni. Zarar-foydalarni to‘g‘ri hisoblaysizlar degan umiddaman.

@shahnozxon