Get Mystery Box with random crypto!

“Qozog‘iston bu yo‘ldan qaytdi, biz ayni shu xatoni takrorlaya | Allaev Uz (16 )

“Qozog‘iston bu yo‘ldan qaytdi, biz ayni shu xatoni takrorlayapmiz” - iqtisodchi

"Moliya vaziri o‘rinbosari hisob-kitob natijalariga ko‘ra, naqd pulsiz to‘lovlarning 10 foizga oshishi real yalpi ichki mahsulotning 1 foizga oshishiga olib kelishini aytdi. Naqd pulsiz yoki P2P o‘tkazmasi, naqd pulsiz to‘lovlar raqamli iz qoldiradi va YaIM o‘sishiga hissa qo‘shadi."


Izoh: 1-Maydan P2P (jismoniy shaxsning kartasidan jismoniy shaxsning kartasiga) o'tkazmalarining ba'zilariga blok qo'yib qo'ylishi aytilgan edi. Mana shu holatga munosabat bildirilmoqda.

Bilamiz ba'zan sotuvchilar naqd pulingiz yo'q bo'lsa shaxsiy kartasiga o'tkazib berishni so'raydi. Albatta, ba'zan bu soliqdan qochish uchun ham qilinadi. Soliq qo'mitasi aynan mana shu "aylanib o'tishni" oldini olmoqchi. Lekin, tanlangan yo'l oqilona emas. Chunki, bu siyosat raqamlilikdan naqd pullilikka o'tib ketishi mumkin. Ya'ni, endi sotuvchi P2P dan ham qochadi va sizdan naqd berishni so'rashga majbur bo'ladi.