Get Mystery Box with random crypto!

​Esingizda bo'lsa Asaxiyda talabalar orasidan to'rtta amaliyot | Allaev Uz

​Esingizda bo'lsa Asaxiyda talabalar orasidan to'rtta amaliyotchi olishimiz haqida e'lon bergandim. Anketalarni birma-bir o'rganib, eng yaxshilarini suhbatga chaqiryapmiz. Xursand bo'lganim, bizda haqiqiy imkoniyati keng, bilimli yoshlar juda ko'pligi.

Bugun to'rtinchi kun suhbat.

To'rtta amaliyotga tanlangan talabaning nomini birma bir e'lon qilamiz.
Demak birinchi tanlagan talabamiz Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti 3-bosqich talabasi Xudoyberdiyeva Aziza.

Aziza o'zining kreativligi va mantig'i bilan hayron qoldirdi. IQ testda bo'lsa hozirgacha qatnashganlar orasida rekord natijani oldi.

Qashqadaryolik qizimiz ingliz tilida erkin gapiradi, 6.5 IELTS bor. Shuningdek rus tilini ham biladi.
Sevimli kitoblari ro'yxatida Gabriel Garsia Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", Den Braunning "Ibtido", Albert Kamyuning "Begona" asarlari bor edi va har biri nima uchun yoqqanligi asoslangan.

Deyarli har bir savolga original, o'ziga xos javob berilgan. Suhbat davomida o'zini erkin tutishi, fikrini aniq ifodalashi bizga yoqdi.

Azizani shaxsan o'zim tabriklayman. Bu shunchaki boshlanishi bo'lsin. Aziza yaqin kunlarda Asaxiyning katta jamoasiga qo'shiladi va o'quv jarayonini boshlaydi. Umid qilamanki, Aziza uchun ham, Asaxiy uchun ham bu foydali bo'ladi.