Get Mystery Box with random crypto!

Ayol rashki Qadimda bir er ayoliga bir qizni sevib qolganini | All_Qolb

Ayol rashki

Qadimda bir er ayoliga bir qizni sevib qolganini aytibdi, shunda ayoli: «Mayli men roziman, oʼzim sovchilikka boraman va koʼnmaganiga qoʼymayman», debdi.
Eri bu gaplarni eshitib hayron boʼlib qolibdi. Keyin kattayu-kalon toʼy boʼlibdi. Toʼy kuniyam haligi ayol chiroyli kiyinib, kulib xizmatlarni qilib yuribdi. Eri shu kuni har yarim soatda xotinidan, «Kuyyapsana, rashk qilyapsana?», deb soʼrab turibdi. Аyoli unga, «Yoʼgʼe nega kuyaman, siz baxtli boʼlsangiz boʼldi», deb javob qaytaraveribdi.
Xullas toʼy tugabdi, er ayolini yoniga kelib yana soʼrabdi: «Kuydinga?», deb. Yana ayoli «Yoʼq», deb javob beribdi. Shunda eri: «Yoʼq, sen shunchalik kuydingki, shunchalik rashk qildingki, hattoki ertalabdan kechgacha ikkala oyogʼingga sanchilgan mixni bilmading. Seni oyoq kiyimingga mix oʼrnatib qoʼygandim», debdi.
Аyol shu zahoti oyoqlariga qarabdi, uni ikkala oyoqlari ham qip-qizil qonga boʼyalib yotgandi.
Qalbidagi rashk olovi oldida oyoqlariga kirgan mixni hattoki sezmagan ham...

Kulib yuribdiku demang Аyolni..! Аyol hattoki kulib turib oʼlishi mumkin.

@All_Qolb