Get Mystery Box with random crypto!

Miyasi mayda-chuyda orzularga toʻla odamlar bilan uzoq suhbat | All_Qolb

Miyasi mayda-chuyda orzularga toʻla odamlar bilan uzoq suhbat qurmang. Ular sizning katta orzu-maqsadlaringizni choʻktiradi.

Hayotdan alamzada va norozi insonlar bilan muloqot qilmang. Undaylar sizning hayotga boʻlgan qiziqishingizni, umidingizni soʻndiradi.

Juda ham ehtiyotkor va qoʻrqoqlarni fikrlariga quloq solmang. Ular tufayli tavakkalga qoʻl urolmaysiz.

Dangasa, ishyoqmaslar bilan doʻstlashmang. Aks holda sizning miyangiz ham ularnikiga oʻxshab hayotda oʻsish uchun imkoniyatlar emas, koʻproq uxlash uchun sabablar izlay boshlaydi.

Katta orzular qiling, maqsadlar qoʻying. Unga yetish rejasini tuzing va bu yoʻlda siz bilan yelkama-yelka muammolaringizni hal qiluvchi, quvonchingizga sherik boʻluvchi doʻstlar orttiring!

@All_Qolb