Get Mystery Box with random crypto!

Ibn Taymiya rohimahulloh aytadi: Mo‘min gunoh qilar ekan, guno | Al Falaq I الفلق | Falaq Surasi 113 📿

Ibn Taymiya rohimahulloh aytadi:
Mo‘min gunoh qilar ekan, gunohining uqubati o‘n holat sababli ariydi:

1) Tavba qiladi, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Zotan, gunohdan tavba qiluvchi, gunohsiz kishi kabidir.

2) Yoki istig‘for aytadi, mag‘firat qilinadi.

3) Yoki gunohni o‘chirib yuboradigan yaxshi amallar qiladi. Zero, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi.

4) Yoki uning haqqiga mo‘min birodarlari u tirikligida ham, vafotidan keyin ham duo qilishadi.

5) Yoki amallarining savobini unga hadya qilishadiki, u sababli Alloh unga manfaat yetkazadi.

6) Yoki Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam uni shafoat qiladi.

7) Yoki Alloh taolo uni bu dunyoda musibatlarga mubtalo qilib, gunohlarini yuvadi.

8. Yoki uni qabrda azoblab, gunohidan poklaydi.

9) Yoki unga qiyomat dahshatlarini ko‘rsatib, gunohini kechiradi.

10) Yoki rahmlilarning eng rahmlisi bo‘lgan Zot unga rahm qiladi.

Bas, kimni mana shu o‘nta holat chetlab o‘tsa, u faqat o‘zini malomat qilsin!

( Majmu’ul fatavo )

@all_falaq