Get Mystery Box with random crypto!

Qazo va qadar... Tibbiyot fakultetida taʼlim olayotgan talaba | Al Falaq I الفلق | Falaq Surasi 113 📿

Qazo va qadar...

Tibbiyot fakultetida taʼlim olayotgan talabani darsga borayotganida mashina urib yubordi. Uni darxol shifoxonaga olib borib jarroxlik stoliga yotqizishdi. Tabiblar uni tekshirib bitta buyragini darxol olib tashlash kerakligini aytishdi. Chunki undan shiddat bilan qon ketayotgan edi. Uning oilasiga xabar berib bir xulosaga kelishlarini aytishdi...
Amaliyot muvaffaqiyatli yakun topdi. Bir necha kundan keyin unda amaliyot oʻtkazgan tabib uning oldiga kirib tabassum bilan dedi:
- Qachonlardir qazo va qadar xaqida eshitganmisan?
- Xa eshitganman. Ammo men buyragimdan ajraldim doktor!
- Men xam oʻz koʻzim bilan koʻrgunimcha senday oʻylagan edim. Sening buyragingni olib tashlash chogʻida boʻyragingdagi gʻalati toʻqimalarni koʻrdik. Uni olib boʻlgach taxlil uchun labaratoriyaga yubordik. Tekshiruv natijasidan daxshatga tushdik. Unda saraton boshlangan ekan.
Talaba dedi:
- Bu bilan siz, oʻsha mashina seni ikkinchi xayotga qaytarish uchun aynan jaroxatlangan joyingni topib urgan, demoqchimisiz?!
Doktor:
- Senchi, bu voqeani oddiy toʻqnashuv deb oʻylaysanmi?
Talaba kulib dedi:
- Bu aniq qazo va qadar!

- Muxammad Rotib Nabulsiy

***

Banda goxida voqealarning zoxiriga boqib ulardan xafa boʻladi. Ammo keyinchalik vaqt oʻtgach uni oʻzi uchun xayr ekanini anglaydi. Robbimiz bizga xoxlagan narsalarning xammasida yaxshilik bor...

@all_falaq