Get Mystery Box with random crypto!

“Soliha ayol tanlashning foydalaridan” Hasan Basriy rahimahul | Al Falaq I الفلق | Falaq Surasi 113 📿

“Soliha ayol tanlashning foydalaridan”

Hasan Basriy rahimahulloh aytadilar:

“Makkada boʻz sotuvchi bir tijoratchi oldiga borib, undan kiyim sotib olmoqchi boʻldim, shunda u qasam ichib matohini maqtay boshladi..

Shunda koʻnglim qolib: “Bunaqa qasam ichadigan odamdan olmaganim yaxshi” deb boshqasidan oldim!”

Oradan 2 yil oʻtib, yana shu sotuvchi oldiga keldim, ammo sira qasam ichib maqtanganini eshitmadim!

Ajablanib soʻradim: “Bir necha yil avval qasam ichib yurgan sen emasmiding? Nega oʻzgarib qolding?”

U aytdi: "Ha men edim, meni bir xotinim bor edi, ozroq pul topib kelsam, haqir sanar, koʻp topsam esa isrof qilib ozaytirib qoʻyar edi!

Allohning menga bir nazari tushib uni halok qildi...!

Undan soʻng boshqa ayolga uylandim.

Bozorga chiqsam yoqamdan tortib: “Allohdan qoʻrq! Bizga halol yedir, ozroq topsang ham koʻpaytiramiz, agar hech narsa topmasang, (uyda) ip toʻqib ishlab senga yordam beramiz” der edi!

Shundan soʻng qasam ichib maddohlik qilib tovarimni sotishni tark qildim..

@all_falaq