Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada yashovchi bir musulmon oila farzand koʻribdi va su | Al Falaq I الفلق | Falaq Surasi 113 📿

Germaniyada yashovchi bir musulmon oila farzand koʻribdi va sunnatga amal qilib yettinchi kuni bolani sochini oldirib aqiqa qilibdi.
40 kundan keyin vrach qabuliga borishganda vrach bolani obdon tekshirib boʻlib ulardan:
- “Bola shunday tugʻilganmi yo sochini oʻzlaring qirib quydinglarmi?” - deb soʻrabdi. Ular:
- Oʻzimiz, nima biror narsa boʻlibdimi? - deyishdi. Vrach: - “Yoʻq hammasi yaxshi. Yaqinda biz xamkasblar bilan bir tekshiruv oʻtkazgandik, unda chaqaloqlarni 40 kunligida sochi olib quyilsa bolani koʻrish, eshitish va jismoniy rivojlanishiga juda katta foydasi borligini kashf qilgandik. Agar 7 kunlikda soch olinsa ikki barobar yaxshi boʻlarkan. Sizlar buni qayoqdan eshitdinglar?” - deb xayratlanib soʻrabdi. Bolaning otasi:
- “Bizga paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) oʻrgatganlar" - dedi. Vrach:
- “Axir bu yangilikka endi 50 kun boʻldi, u odam qayerdan bilgan? - deb soʻrabdi. Shunda bolani otasi:
-“Paygʻambarimiz 1400 oldin yashab oʻtib ketganlar” - dedi. Vrach hayratlangacha bir nuqtaga tikilib qoldi.

@all_falaq