Get Mystery Box with random crypto!

​​'Biz qiladigan ishimizni 1-o'rinda yaxshi ko'rishimiz, 2-o'r | Aliya education

​​"Biz qiladigan ishimizni 1-o'rinda yaxshi ko'rishimiz, 2-o'rinda kuchli bilishimiz kerak" - Xalq dardi bilan yonadigan o'qituvchi bilan suhbat

Vanihoyat, "Osmondagi bolalar" loyihasining 10-soniga ham yetib keldik. Xabaringiz bor, ushbu loyiha orqali hayotda o'z ilmi, salohiyati, mehnati bilan muvaffaqiyatga erishib kelayotgan yurtdoshlarimizni ommaga tanitishni niyat qilganmiz.

Intervyu davomida xalqaro toifadagi iqtisodchi, tadbirkor, biznes-murabbiy, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti hamda Avstriya IMC Krems Universiteti o'qituvchisi, "Patronlar ligasi" klubi asoschilaridan biri - Muhammad Ali Eshonqulov inson salohiyati aslida qanchalik kuchli, ishdagi professionallik, OTMlarimizdagi ahvol, dalada qo'y boqib yurgan Elon Musk, Stiv Jobslar, Harvard universiteti talabalariga nega havas qilamiz, hayotda oliy maqsad qanday qo'yilishi kerak, kabi mavzularda fikr almashdilar.

Ko'rsatuvni tomosha qilish orqali o'zingiz uchun hayotda asqotuvchi, zaruriy tavsiyalarga ega bo'lishingizga ishonaman!

Premyera bugun soat 20:30 da bo'lib o'tadi.

Havola: