Get Mystery Box with random crypto!

​​Javani o'rganayotganlar yoki Javada ishlayotganlar bormi? | Aliya education

​​Javani o'rganayotganlar yoki Javada ishlayotganlar bormi?

Bugun bir yaxshi odam Javaga qiziqqanlar uchun zo'r imkoniyat borligini aytib qoldilar. Xullas, ingliz tilini biladiganlar va mustaqil o'rganishga qobiliyati borlar uchun Oracle o'zining Java Training kursini (Java training on Oracle Cloud Infrastructure) BEPUL o'qishni taklif qilayotgan ekan. Odatda bu kurs $3400 ga tushar ekan.
Bepul taklifning sababi - Javaning 25 yilligi.

Kursda Javani o'rganib bo'lib yoki Javada hozir ham tajribangiz bo'lsa, $25 ga Oracle Certified Java SE 11 Developer sertifikatini olish uchun imtihon topshirib ko'rsangiz bo'lar ekan. Odatda bu imtihonni topshirib ko'rish $245 dan kam bo'lmagan deyishdi.

Bu taklifga ko'ra bepul kursni o'qish yoki imtihonda qatnashishni arzon narxga olmoqchi bo'lsangiz, mana link.

Taklif 54 kunda tugaydi!

Tanishlaringizga ham bu imkoniyat haqida aytsangiz, ko'pchilikka foydasi tegishi mumkin.