Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident_maktablari #Imtihon_2022 Hurmatli ota-onalar va | Ali Test Group | Rasmiy kanal

#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 1-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo'lib o'tadi.

Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube