Get Mystery Box with random crypto!

Energetikada ham, ish o’rinlari yaratishda ham yo’lg’onga toqa | Alisher Qodirov

Energetikada ham, ish o’rinlari yaratishda ham yo’lg’onga toqat qolmadi!

Joriy yilda 2 millionga yaqin ish o’rinlari yaratilgan. Bu hamma ish bilan ta’minlandi degani emas, “men ishsizman” deb, natijani yolg’onga chiqarishga shoshilmang.

Prezident fuqarolarni ish bilan ta’minlash uchun eng noan’anaviy yechimlarni ham o’ylab ko’rishga chaqirdi. Qo’lidan keladiganga yer ham beriladi.

Xususiy mehnat agentliklariga kengroq sharoit yaratish kerak degan fikr keldi menga, tahlil qilib taklif beramiz.

Hokimlar faoliyatiga “Ishsizlar bo’lmagan hudud”lar soniga qarab baho berilishi belgilandi.


Energetika sohasida ham islohotlar boshlandi.

30 foizgacha aholiga davlat ko’mak beradi.

Alternativ energetika va daromadi ko’plarning ko’makka muhtojlarga yordami rag’batlantiriladi.

Hokimlarga statistika kerakdir, partiyalarga kerakmas! Natijalar asossiz tasdiqlanmaydi.

Barcha sohalarda ham yetishmayotgan yagona narsa - qadriyatlarga tayangan bozor munosabatlaridir. Buni tezroq anglash va qabul qilishdan boshqa yo’limiz yo’q.

@alisherQodir