Get Mystery Box with random crypto!

Tarbiyachi bo’lmasa tarbiya bo’lmaydi… Oila bogʻchalarining i | Alisher Qodirov

Tarbiyachi bo’lmasa tarbiya bo’lmaydi…

Oila bogʻchalarining imkoniyatini oshirish boʻyicha qonunga kiritilayotgan oʻzgarishlar, "Milliy tiklanish" partiyasining fraksiya majlisida qizgʻin muhokama qilindi.

3 millionga yaqin bolalarni qamrab olish uchun mazmunli ishlar qilinayapdi, bahslashsak ham qoʻllab-quvvatlaymiz.

Bogʻcha - maktabgacha taʼlim emas, tarbiya maskanidir. Bog’chada bolalar saqlab turilishi emas, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tizimli tarbiya koʻrishi kerak;

Joy haqida oʻylanayapti, lekin manzilli, bilimli va ishiga ishtiyoqmand tarbiyachilar tayyorlashga eʼtibor yetarli emas.

Tarbiyachilik murakkab, juda masʼuliyatli va qobiliyat talab qiladigan ish.

Bugun 75 ta bog’cha yoshidagi bolaga 1 nafar oliy maʼlumotli tarbiyachi toʻgʻri kelmoqda va uning ham maoshi 2 millionga bormaydi.

@alisherQodir