Get Mystery Box with random crypto!

Mikhail Tokovinin, amoCRM asoschisi Men ko`plab tadbirkorlarn | Alisher Avazov

Mikhail Tokovinin, amoCRM asoschisi

Men ko`plab tadbirkorlarni ko`rdim va bilasizmi, ularni hammasini nima birlashtirib turadi?
Ular juda takabburlar.
Yaxshi manoda takabburlar. Ular so`rab ko`rishdan, qilib ko`rishdan va yana qayta qo`ng`iroq qilishdan uyalishmaydi.
Siz odatda qancha chegirma so`raysiz? 10%? Nimaga 70% emas, balki berishar? Siz yaxshi tanish bo`lmagan insoningizga qo`ng`iroq qilishingiz va tekinga yordam ko`rsatishini so`rashingiz mumkin. Nimaga yo`q, balki yordam berar? Siz birinchi “YO`Q” javobini olganingizdan keyin, yana qancha harakat qilib ko`rasiz?
Albatta takabburlikning o`zi kamlik qiladi, amalda ish bajara olish ham juda muhim. Ammo, shaxsan men, ko`plab biznes imkoniyatlarimni aynan “uyalganim”, “kamtarlik qilganim” va “qo`rqqanim” uchun qo`ldan boy berganman.
Ko`p holatlarda, biz istaganimizdan ham ko`proq narsaga erishishimiz mumkin.

Mikhail Tokovinin

@AlisherAvazov