Get Mystery Box with random crypto!

Qatarliklar meni hayratga soldi!!! Jahon chempionati boshlan | Alisher Avazov



Qatarliklar meni hayratga soldi!!!

Jahon chempionati boshlangan kunning o‘zidayoq 558 nafar g‘ayridin Islomni qabul qilgani rasman e’lon qilindi. Qatar davlati o‘z yurtiga kelgan xorijliklarga qanday xizmatlar ko‘rsatmoqda?

Quyida ular bilan tanishing:

1. Spirtli ichimlik va LGBT tashviqoti taqiqlandi.
2. Har bir stulga 8 tilda Islom haqida ma’lumot berilgan kataloglar qo‘yildi.
3. Mehmonxona va futbol maydoniga chiqish yo‘laklariga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qisqa hadisi shariflari ilib qo‘yildi.
4. QR-kod ilovasi bilan 8 tilda Qur’oni karim ma’nolar tarjimasi hamda Islomni tanituvchi dasturlar o‘rnatildi.
5. Masjid muazzinlari xushovoz va jarangdor tovushli muazzinlar bilan almashtirildi. Azon ovozi yetib borishi uchun stadionlarga maxsus jihozlar o‘rnatildi.
6. Shuningdek, 2000 kishilik jamoa Islomga da’vat loyihasini boshlab yubordi.
7. Bunisi eng oxirgi xushxabar: Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tayotgan barcha tadbir va ko‘ngilxushliklarga azon chaqirilgan vaqtda "Ibodat tanaffusi" beriladi. Bu vaqtda barcha kuy-qo‘shiq va tadbirlar to‘xtatiladi.

P.S: Alloh taolo bunga sababchi bo‘lgan barchadan O‘zi rozi bo‘lsin!

AbdullohRahim

@AlisherAvazov