Get Mystery Box with random crypto!

O'zbek, bir millatning farzandi bo'lib 'qaysi buyuk g'oya uchu | Alisher Sadullaev

O'zbek, bir millatning farzandi bo'lib "qaysi buyuk g'oya uchun yashayapsan?" deb so'rasalar.

Javobim: Buyuk O'zbekistonning bir farzandi dunyoga kelsin;

1. Vatanini sevsin (ota-ona, oila, yurt va yaqinlari, atrofdagilarga sadoqatli bo'lsin)

2. Bir hunar va kasbning ustasi bo'lsin
(kitob o'qisin, sohaning eng zo'ri bo'lsin kim bo'lsa ham, o'qituvchimi, shifokormi xoh dasturchi xoh g'isht teruvchi)

3. Chet tillarini yaxshi bilsin, tanqidiy fikrlashni o'rgansin, bir ish qilsa mushohada va tahlil bilan amalga oshirsinlar. Aql bilan ish yuritsin, farosatiga dunyo tan bersin.

Bizning maqsadimiz — salohiyatli, o'z avlodiga munosib mulk va nufuz qoldiradiganlardan bo'lish.

@alisher_sadullaev