Get Mystery Box with random crypto!

Bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni kashf etish va ula | Alisher Sadullaev

Bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni kashf etish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Mavzu” onlayn olimpiadasiga start bergandik.

Bugun olimpiada haqida tez-tez berilayotgan bir qancha savollarga javob beramiz.

1. Olimpiada nima uchun Telegram orqali o’tkazilmoqda?

Sababi, Telegram ko’pchilik uchun qulay hamda bu platformani ishlatish katta internet tezligi talab qilmaydi.

2. Qolgan fanlar bo’yicha ham olimpiada o’tkaziladimi?

Albatta, tez orada olimpiadaga boshqa fanlar ham qo’shiladi. Qaysi fanlar bo’yicha o’tkazilsa sizlarga qiziqroq? Izohlarda yozib qoldiring!

3. Maksimal ball 40 ball bo’lsa, nega bundan yuqori ball berilgan holatlar kuzatilmoqda?

Bir vaqtning o’zida juda ko’p ishtirokchilar test ishlagani uchun shu kabi holatlar kuzatilgan. Texnik xodimlar tomonidan holat o’rganilib, nosozliklar bartaraf etildi.

4. Olimpiada savollari internetdan olinganmi, javoblar internetda bormi?

Olimpiada uchun maxsus savollar bazasi ishlab chiqilgan bo’lib, murojaatlardan so’ng tashkiliy jamoa savollarni qayta nazoratdan o’tkazdi. Savollar ekspertlar ishtirokida aynan mana shu olimpiada uchun tuzilgan.

Yana qanday savollaringiz bor? Yozib qoldiring

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev